Jastin Tryudo musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Butun dunyo musulmonlari kechadan beri Qurbon hayitini nishonlamoqda.

2005078
Jastin Tryudo musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo musulmonlarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

Tryudo, Kanada va dunyoning to‘rt burchagidagi butun musulmonlarni Qurbon hayiti bilan muborak bot etib:

“Islomning eng muqaddas kunlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti, Hazrati Ibrohimning itoatkorlik va fidokorlik haqidagi hikoyasini yodga olmoqda. Mamlakatning to‘rt burchagidagi oilalar bilan do‘stlar duo qilib, yordamga muhtojlar bilan oziq-ovqatini bo‘lishmoqda. Kanadadagi musulmonlar tomonidan har kuni ko‘rsatilgan fidokorlik, mehr-shavqat va yordamsevarlik qadriyatlaridan hammamiz ilhom olishimiz mumkin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kanada va dunyodagi hammaning o‘z e’tiqodini qo‘rqmasdan yashashda erkin bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan Tryudo, islomofobiya va nafratning har qanday ko‘rinishiga qarshi turishni davom etishlarini qayd etdi.

“Biz birgalikda, har bir inson o‘ziga hurmat ko‘rsatilganini his qilgan va xavfsiz Kanadani qura olamiz”.-degan Tryudo, barchaga chiroyli Qurbon hayiti bayrami tiladi.

Ijtimoiy tarmoqda videolavha orqali ham ifoda etilgan Qurbon hayiti tabrigini, yozma ravishda arab alifbosi bilan “Hayit muborak” degan so‘zlar bilan yakunladi.

 



Aloqador xabarlar