Shvetsiyada Qur’on-i Karim kitobi yoqib yuborildi

Shvetsiyada joriy yilning fevral oyida ham Qur’on-i Karim kitobi yoqib yuborilmoqchi bo‘lgandi.

2005069
Shvetsiyada Qur’on-i Karim kitobi yoqib yuborildi

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda asli iroqlik Salvan Momika ismli shaxs Stokgolm jome’ masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur’onni yoqib yubordi.

Momika atrofdagilarning munosabatiga qaramay Qur’onni yerga tashlab, tepelab, kamiga o‘t qo‘yib yuborar ekan Islomni haqorat qiluvchi gaplar ham aytdi.

Politsiya Qurbon hayitining birinchi kuni sodir bo‘lgan provokatsiya oldida janjal chiqib ketmasligi uchun Stokgolmdagi barcha politsiyani masjid oldiga to‘pladi.

Provokatsiyaga ruxsat berilishiga munosabat bildirgan Stokgolm jome’ masjidlar uyushmasi rahbari Mahmut Halfiy, voqeadan musulmonlar qattiq xafa bo‘lganini ifoda etdi.

Shvetsiyaning turli ranglar (Nyans) partiyasi raisi Mikail Yuksel ham provokatsiyani qoraladi.

Shvetsiyada joriy yilning fevral oyida asli iroqlik bo‘lgan Salvan Momika Iroqning Stokgolm elchixonasi oldida,  asli afrikalik bo‘lgan Kris Makoundout esa Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yubormoqchi bo‘lgandi ammo politsiya xavfsizlik nuqtai nazaridan bunga ruxsat bermagandi.



Aloqador xabarlar