Parijda sodir bo‘lgan portlashda 37 kishi jarohatlandi

Mamlakat ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin maishiy gaz portlashi V okrugidagi Sen-Jak ko‘chasida — Lyuksemburg bog‘i va Sorbonna yaqinida, katolik ta’lim tizimi ofisi hamda dizaynerlik studiyasi joylashgan uyda ro‘y berganini ma’lum qildi.

2002890
Parijda sodir bo‘lgan portlashda 37 kishi jarohatlandi

 

Kecha, 21 iyun kuni Fransiyaning Parij shahrida sodir bo‘lgan portlashda 37 nafar odam jarohatlandi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin maishiy gaz portlashi V okrugidagi Sen-Jak ko‘chasida — Lyuksemburg bog‘i va Sorbonna yaqinida, katolik ta’lim tizimi ofisi hamda dizaynerlik studiyasi joylashgan uyda ro‘y berganini ma’lum qildi.

U shuningdek, portlashda 37 kishi tan jarohati olganini, yaradorlarning 4 nafari og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, qutqaruv xizmatlari bino vayronalari ostidan odamlarni qidirishda davom etmoqda.

Dastlab Parij merining o‘rinbosari Eduard Sivel mazkur hodisaga maishiy gazning chaqnashi sabab bo‘lganini aytdi.

Biroq IIV rahbarining ta’kidlashicha, portlashning aniq sabablari hali aniqlanmagan, chunki mutaxassislar ishonchli ma’lumot topish uchun ekspertiza o‘tkazishi kerak.‌‌

Voqea joyiga yetib kelgan Parij prokurori kuzatuv kamerasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, portlash bino ichkarisida ro‘y berganini tasdiqlagan.

Portlashga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, ko‘chada o‘tkir gaz hidi kelayotgandi. Ammo Parij politsiyasi vakili portlash sababi aynan gaz bo‘lgani haqida xulosa chiqarishga hali erta ekanini aytgan.

Parij politsiyasi rahbari Loran Nunesning ta'kidlashicha, portlash Sen-Jak ko'chasidagi moda maktabi joylashgan binoda sodir bo'lgan.

U portlash oqibatida yong'in chiqqanini va o't o'chiruvchilarning yong'inga aralashib, alanganing qo'shimcha 2 binoga tarqalishini oldini olganini ma’lum qildi.

Portlashdan ta'sirlangan binolar evakuatsiya qilingan.

Yaqin atrofdagi ko'plab uylarning oynalari singan, vayronalar ostida qidiruvlar davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Parij

Aloqador xabarlar