Gretsiyadagi qayiq halokatidan oldin qayiq taxminan 7 soat dengizda harakatsiz qolgan

Ma’lum bo‘lishicha, Gretsiya qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan va ichida ko‘plab tartibsiz muhojirlar halok bo‘lgan qayiq voqea sodir bo‘lishidan oldin taxminan 7 soat dengizda harakatsiz qolgan.

2001274

BBCning MarineTraffic global kema kuzatuvi razvedka saytidan olingan monitoring ma'lumotlariga ko'ra, Gretsiya hukumatining da'vosiga zid ravishda, 78 kishi halok bo'lgan qayiq, taxminan 7 soat dengizda qoldi.

Gretsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati voqea vaqtida qayiq Italiya tomon harakatlanayotganini, kemadan hech qanday yordam chaqirilmaganini va bortdagilar so‘nggi lahzagacha xavf ostida bo‘lmaganini iddao qilmoqda edi.

Gretsiya hukumati BBC da'volariga hali javob bergani yo'q.

14-iyun kuni Gretsiyaning Peloponnes orolidagi Navarino shahridan 47 dengiz milya uzoqligida tartibsiz muhojirlarni olib ketayotgan baliqchi qayig‘i xalqaro suvlarda ag‘darilib ketgan edi.

Voqeada 78 kishi hayotdan ko'z yumgan, 104 kishi qutqarilib  Kalamata portiga olib ketilgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari oliy komissari Vo’lker Turk, qayiqning ag'darilishi ortidan ayollar va bolalar ham bo'lgan 500 kishining g'oyib bo'lganini ma'lum qilgan edi.

Tanlangan kalimalar: #İddao , #BBC , #Halokat , #Qayiq , #Gretsiya

Aloqador xabarlar