Meksika chegarasida 129 muhojir to‘xtatib qolindi

Ular odam kontrabandachilari tomonidan aldanib, yuk mashinasida olib ketilgani aniqlandi.

2001320
Meksika chegarasida 129 muhojir to‘xtatib qolindi

 

Meksikaning Verakrus shtati chegarasida 129 muhojirni AQSHga olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi. 

Ular odam kontrabandachilari tomonidan aldanib, yuk mashinasida olib ketilgani aniqlandi.

Meksika matbuotida chop etilgan xabarga ko'ra, San-Isidro shahrida muntazam tekshiruv o'tkazgan politsiya yuk mashinasida olib ketilgan tartibsiz muhojirlarni payqagan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 iyun kuni AQSHga noqonuniy yo‘l bilan ketayotgan Gvatemala, Gonduras, Salvador va Hindistondan kelgan 129 muhojirni olib ketayotgan yuk mashinasi Meksikaning Migratsiya milliy instituti va hukumat vakillari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Gvatemala, Gonduras, Salvador va Hindistondan kelgani bildirilgan 129 tartibsiz muhojir xavfsizlik kuchlari tomonidan himoyaga olindi.

Ta’kidlanishicha, yuk mashina tirkamasi ichidagi odamlarning aksariyati katta yoshli erkaklardan iborat. Shuningdek, ular orasida 19 nafar kuzatuvsiz voyaga yetmagan bolalar ham borligi aytilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar jamoat qamoqxonasiga joylashtirilgan. Qolganlar esa migratsiya institutining vaqtincha saqlash hududida shaxsiga aniqlik kiritilgunga qadar olib qolingan. Shu bilan birga operatsiya davomida to‘rt nafar shaxs odam savdosida gumon qilinib, qo‘lga olingan. 

Politsiya voqeaga aloqador to‘rt nafar shubhali shaxsni qo‘lga oldi.


Tanlangan kalimalar: #Meksika

Aloqador xabarlar