Yana al-Aqso jome’ masjidiga bosqin uyushtirildi

Aqidaparast yahudiylar yana ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi al-Aqso jome’ masjidiga bosqin uyushtirdi.

2001124
Yana al-Aqso jome’ masjidiga bosqin uyushtirildi

Isroil politsiya xodimlari hamrohligida o‘nlab aqidaparast yahudiy ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi al-Aqso jome’ masjidiga bosqin uyushtirdi.

Falastinning WAFA rasmiy xabar agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yahudiy ko‘chmanchilar Isroil politsiyasi himoyasida Megariba darvozasi orqali Harom-i Sharifga kirdi.

Aqidaparast yahudiylar al-Aqso hovlisida provokatsion tarzda sayr qilib, marosimlar o‘tkazar ekan, Isroil politsiyasi esa falastinliklarning Harom-i Sharifga kirishini chekladi va bir qismini nazorat ostiga oldi.



Aloqador xabarlar