Hindistonda sodir bo‘lgan poyezd halokatida halok bo‘lganlar soni 288 nafarga yetdi

Hindistonning Orissa shtatida kecha sodir bo‘lgan poyezd halokatida halok bo‘lganlar soni 288 nafarga yetdi, 900 dan ortiq kishi jarohat oldi.

1994763
Hindistonda sodir bo‘lgan poyezd halokatida halok bo‘lganlar soni 288 nafarga yetdi

 

Hindistonning Orissa shtatida kecha sodir bo‘lgan poyezd halokatida halok bo‘lganlar soni 288 nafarga yetdi, 900 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Kecha mahalliy vaqt bilan soat 19:20da shtatning Balasore viloyatidagi Bahanaga Bozor temir yo‘l vokzali yaqinida ikki yo‘lovchi va yuk poyezdi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Hodisa oqibatida 288 kishi halok bo‘ldi, 900 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Fojiali hodisada halok bo‘lganlar soni ortishidan xavotir bildirilmoqda.

Hodisa tufayli ko‘plab poyezd qatnovlari bekor qilindi.

Rasmiylar halokatga uchragan yo‘lovchi poyezdlari Coromandel Express va Yashwatpur-Howrah Express kompaniyalariga tegishli ekanligi haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Qayd etilishicha, Shalimar vokzalidan jo‘nab ketayotgan Coromandel Express yo‘lovchi poyezdi Chennay markaziy temir yo‘l vokzaliga yo‘l olgan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu o'zining Twitter sahifasida baxtsiz hodisadan chuqur qayg'uda ekanligini va yaqinlarini yo'qotgan oilalarning dardiga sherik ekanligini bildirdi.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ham avariyadan jabrlanganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatilayotganini aytdi.

Yaqinlarini yo'qotgan oilalarga ta’ziya bildirgan Modi jarohatlanganlarga shifo tiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar