Ganada avtobus yonilg‘i tashuvchi tanker bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Milliy matbuot xabarlariga ko‘ra, markaziy provinsiyaning Gomoa Okyeko hududida poytaxt Akkra va Keyp sohillari o‘rtasidagi yo‘lda avtobus va tanker to‘qnashib ketgan.

1993066
Ganada avtobus yonilg‘i tashuvchi tanker bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

 

Gananing markaziy provinsiyasida avtobus yonilg‘i tashuvchi tanker bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi.

Milliy matbuot xabarlariga ko‘ra, markaziy provinsiyaning Gomoa Okyeko hududida poytaxt Akkra va Keyp sohillari o‘rtasidagi yo‘lda avtobus va tanker to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi.

Rasmiylar yaradorlar davolanayotgani, ba'zilarining ahvoli og'ir ekani, qurbonlar soni ortishidan xavotirda ekanliklarini bildirdi.

Avtobusning Liberiyadan Gana poytaxti Akkra shahriga yo'l olgani ma'lum bo'ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #16 kishi , #Avtohalokat , #Gana

Aloqador xabarlar