JSST byudjeti orttirilmoqda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) 2024-2025 yillarga moʻljallangan byudjeti orttirilmoqda.

1989648
JSST byudjeti orttirilmoqda

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) 2024-2025 yillarga moʻljallangan byudjetini 20 foizga oshirilishi, unga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilindi.

Tashkilot tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga koʻra, Shveytsariyaning Jeneva shahrida uyushtirilgan Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi doirasida tashkilot byudjeti muhokama qilindi.

Tashkilot tarkibidagi davlatlar aʻzolik narxini 20 foizga orttirish haqida kelishib olar ekan, 2024-2025 yillarga moʻljallangan Dastur byudjetiga aniqlik kiritildi. Ushbu dastur byudjetining 6,83 milliard dollar boʻlishi haqida qaror qabul qilindi.

JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus mazkur qaror va JSSTga boʻlgan ishonch uchun aʼzo davlatlarga minnatdorchilik bildirdi.

Aʼzolik toʻlovlarining 20 foizga oshirilishi oʻtgan yili qabul qilingan qaror ekani yodga solinar ekan hisobdorlik, boshqaruv va moliyalashtirish borasidagi islohotlarni oʻz ichiga olgan boshqa tafsiyalar 76-sessiyada muhokama qilinishi taʼkidlandi.

“Hayotni saqlab qolish” va “Hamma uchun salomatlik” kabi mavzularga bagʻishlangan hamda 21-may kuni boshlagan Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi 30-may kuni yakunlanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #JSST , #Tedros Adhanom Gebreyesus , #byudjet

Aloqador xabarlar