Turkiyadagi prezidentlik va parlament saylovlari butun dunyoda qiziqish bilan kuzatildi

Turkiyadagi prezidentlik va parlament saylovlari butun dunyoda qiziqish bilan kuzatildi. Xalqaro axborot agentliklari o'zgarishlarni "So'nggi daqiqa" kodi bilan bo'lishdi. Xabarda saylovchilarning yuqori faolligi ham qayd etildi.

1986402
Turkiyadagi prezidentlik va parlament saylovlari butun dunyoda qiziqish bilan kuzatildi

 

Turkiyadagi prezidentlik va parlament saylovlari butun dunyoda qiziqish bilan kuzatildi.

Xalqaro axborot agentliklari o'zgarishlarni "So'nggi daqiqa" kodi bilan bo'lishdi. Xabarda saylovchilarning yuqori faolligi ham qayd etildi.

Britaniya matbuoti SkyNews, "Saylov qutilarining qariyb 97 foizi sanab bo'ldi, prezidentlik poygasida Rajap Tayyip Erdo'g'an 49,39 foiz ovoz bilan oldinda" dedi.

BBC telekanali xabariga ko‘ra, Prezident Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada qilgan nutqida, kerak bo‘lsa ikkinchi turga ham tayyor ekanliklarini, lekin hali ham g‘alaba qozonishlariga ishonganliklarini aytdi.

Reuters axborot agentligining bildirishicha, ovozlarni sanash davom etayotgan saylovda ikkala nomzod ham 50 foizlik chegaradan o'ta olmagan.

Associated Press xabar agentligi ham Prezident Erdo’g'anning saylov ikkinchi turga chiqsa, mamlakat qarorini hurmat qilishlarini aytganini bildirdi.

France 24 OAV o'quvchilari bilan o'rtoqlashdiki, saylov katta ehtimol bilan ikkinchi turga o'tadi.

Qatarda joylashgan Al Jazeera telekanali  “Ovoz berishning birinchi natijalari Erdo‘g‘on raqibidan oldinda ekanligini ko‘rsatmoqda”, — dedi

Amerikaning The New York Times gazetasi 5 million yosh saylovchining ilk bor saylov uchastkasiga kelganini ta'kidladi. Erdog'an va Kilichdarog'luning ikkinchi davra xabarlarini o'rtoqlashdi.

Italiyaning ANSA xabar agentligi saylovda yuqori ishtirokga e'tibor qaratdi.

Middle East Eye gazetasi esa saylovlarning ikkinchi turga chiqishi kutilayotganini yozdi.

The Guardian gazetasi Erdog'anning so'zlarini o'z o'quvchilari bilan baham ko'rdi: "Saylov natijalarining hali aniq bo'lmagani millatimiz tanlovi biz tomonda ekanligi  o’zgartirmas".

Shvetsiyada joylashgan Dagens Nyheter gazetasi ham ishtirok etish darajasi rekord darajada ekanligini ta'kidladi.

Gretsiyada chiqadigan Kathimerini gazetasi ham prezidentlikka nomzodlar 50 foizdan oshib keta olmasligi sababli 28 may kuni ikkinchi saylov o'tkazilishini yozgan.

​Xitoy xabar agentligi Shinhua, “Turkiyadagi prezidentlik saylovi ikkinchi turga chiqishi mumkin” sarlavhasini ishlatdi.

avlat televideniyesi CCTV ham Erdo'g'anning prezidentlik saylovlarida raqibi Kemal Kilichdarog'ludan ustunlikka ega ekanligini ta'kidladi.

Bosh qarorgohi Gonkongda joylashgan South China Morning Post gazetasi, “Turkiya Erdog’an boshchiligidagi saylovda tarixiy ikkinchi turga tayyorgarlik ko’rmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Yaponiya jamoat televideniyesi NHK internet saytidagi xabarda, ikki yetakchining 28-may kuni yana musobaqaga kirishishi bildirildi.

Yaponiya xabar agentligi JIJI ham “Erdog’an lavozimida oldinda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Katta qiziqish , #Saylov , #Turkiya , #Dunyo

Aloqador xabarlar