Bu yil PKK terror tashkiloti tarkibidan qochganlar soni 39 nafarga yetdi

Bu yilning yanvar oyidan beri PKK terror tashkiloti tarkibidan qochganlar soni 39 nafarga yetdi.

1986196
Bu yil PKK terror tashkiloti tarkibidan qochganlar soni 39 nafarga yetdi

PKK terror tashkiloti tarkibidan qochgan yana bir terror tashkiloti a’zosi koʻndirish yoʻli orqali taslim boʻldi.

Ichki ishlar vazirligi koordinatsiyasida Milliy Politsiya idorasi va Jandarmeriya Bosh qoʻmondonligi tomonidan olib borilgan koʻndirish harakatlari natijasida PKK/KJK terror tashkilotidan qochgan yana 1 nafar tashkilot a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi.

Terror tashkiloti tarkibiga 2013-yili kirgan mazkur terror tashkiloti a’zosining Suriya va Iroqda faoliyat olib borayotgani aniqlandi.

Bundan tashqari, taslim boʻlgan tashkilot a’zosining oilasi 2019-yilning dekabr oyida “Diyarbakir onalari” safiga qoʻshilganligi ma’lum boʻldi.

Shu tariqa, 2023-yili faqat koʻndirish yoʻli orqali taslim bo‘lgan tashkilot a’zolari soni 39 nafarga yetar ekan, avlod navbatida qirq birinchi uchrashuv oʻtkaziladi.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soʻylu rasmiy ijtimoiy tarmoq hisobida qoldirgan postda: “Avlod navbatida yana bir uchrashuv oʻtkziladi. Hakkarida farzandini kutayotgan yana bir oila farzandiga qovushmoqda. Umid qilamizki bu davom etadi va Respublikamizning 100-yilligida PKK bu tuproqlardan yoʻq qilinadi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar