Albaniya Edi Rama, Prezident Erdo'g'anning Turkiya uchun favqulodda ish qilganini ta'kidladi

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Turkiya uchun favqulodda ish qilganini ta'kidladi.

1980901
Albaniya Edi Rama, Prezident Erdo'g'anning Turkiya uchun favqulodda ish qilganini ta'kidladi

 

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Turkiya uchun favqulodda ish qilganini ta'kidladi.

Gretsiyadagi Delfi iqtisodiy forumida so'zga chiqqan Rama, Erdo'g'anning rahbarligini  baholadi.

“(Turkiyada 14-may kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik va umumiy saylovlar) saylov natijalaridan mustaqil va men bu muhokamaga umuman kirishni xohlamayman.

 Lekin mening fikrimcha, Prezident Erdog’an o’z mamlakati uchun favqulodda ish qildi va  Turkiyani juda o’zgartirdi”. dedi

Rama, Yevropa Ittifoqining (YI) Turkiyaga nisbatan xatti-harakatlarini muhokama qilish zarurligini bildirdi.

“Turkiyaga “(Yevropa Ittifoqiga) qabul boʻlish uchun islohot qilish kerak” deyilgan bir paytda sodir boʻlgan voqea buning aksi boʻldi.

Turkiya shafqatsizlarcha eshik ortida qoldi. Keyin  to'ntarish tashabbusi (FETOning 2016 yilgi) juda va o'ta tanqidiy bir lahza ediki, Erdo'g'an o'zini tashlab ketilgandek his qildi.

Demak, bu murakkab bir narsa. Lekin bir narsani inkor etib bo‘lmaydi: Turkiya, Erdo‘g‘an bor yoki bo‘lmasa, Yevropa xavfsizligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Yevropa Ittifoqi haqiqatan ham Turkiyani juda jiddiy qabul qilishi kerak”, dedi u.

Albaniya Bosh vaziri Rama ham Prezident Erdog'anning do'sti ekanligini  ham aytdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #İsh , #Favqulodda , #Turkiya , #Erdo'gan , #Albaniya , #Edi Rama

Aloqador xabarlar