Pokistonda sodir bo‘lgan portlashda kamida 12 politsiyachi halok bo‘ldi

Pokiston matbuoti politsiya va sog'liqni saqlash idoralariga iqtibos keltirgan xabarga ko'ra, Pokiston Terrorizmga qarshi kurash bo'limi (CTD) binosida portlashlarning o'q-dorilar omborida sodir bo'lgani qayd etildi.

1978991
Pokistonda sodir bo‘lgan portlashda kamida 12 politsiyachi halok bo‘ldi

 

Pokistonning Svat mintaqasida politsiya bo‘limida sodir bo‘lgan portlashda kamida 12 politsiyachi halok bo‘ldi.

Pokiston matbuoti politsiya va sog'liqni saqlash idoralariga iqtibos keltirgan xabarga ko'ra, Pokiston Terrorizmga qarshi kurash bo'limi (CTD) binosida portlashlarning o'q-dorilar omborida sodir bo'lgani qayd etildi.

Mahalliy manbalar bilan suhbatlashgan politsiya xodimlari, portlash zo'ravonligi tufayli politsiya idorasining butunlay vayron bo'lganini va birinchi aniqlashlarga ko'ra kamida 12 politsiyachi halok bo'lganini va 60 dan ortiq kishi jarohatlanganini bildirdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 20:20 atrofida sodir bo'lgan portlash birinchi navbatda "xudkushlik hujumi" sifatida tasvirlangan bo'lsa-da, CTD rahbari Shevket Abbos shunday dedi:

“Dastlabki tergovimiz asosida bu xudkushlik yoki bombali hujum emasligini aniqladik”. Deya qayd etdi.

Abbos, hodisaga o'q-dorilar omboridagi portlashlar sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligini aytdi.

CTD rasmiylaridan biri Halit Sohail, hodisa bilan bog'liq tergovning davom etganligini ma'lum qilib, portlash sodir bo'lgan binoning butunlay vayron bo'lganini va yaqin atrofdagi ba'zi binolarning zarar ko'rganini aytdi.

Rasmiylarning bildirishicha, hodisada yaralanganlardan ba'zilarining ahvoli og'ir va qurbonlar soni ortishi mumkin.

Portlashdan keyin mahalliy matbuot ba'zi politsiya manbalariga asoslanib, voqea xudkushlik hujumi ekanligini e'lon qildi.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif voqeani qoralab, “Xalqimiz shahid politsiyachilarimiz uchun motam tutmoqda” dedi. U "terrorizmni yo'q qilishga" va'da bergan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #Politsiya , #12 nafar , #Portlash , #Pokiston

Aloqador xabarlar