Tunisning sohilbo'yi hududlarida 186 muhojir qutqarildi

Har yili minglab afrikalik tartibsiz muhojirlar yaxshiroq yashash umidida O'rta yer dengizi orqali Yevropaga yetib borish uchun Tunisga keladi.

1978519
Tunisning sohilbo'yi hududlarida 186 muhojir qutqarildi

 

Tunisning ba'zi qirg'oqbo'yi hududlarida 186 muhojir qutqarildi.

Tunis Milliy xavfsizlik kuchlari matbuot kotibi Husameddin al-Jebabli tartibsiz migratsiyaga qarshi kurash haqida bayonot berdi.

Xavfsizlik kuchlari mamlakatning turli hududlarida 6 marotaba tartibsiz migratsiya harakatini oldini olganini qayd etgan Jebabli, amaliyotlarda Afrika davlatlaridan 186 nafar muhojir qutqarilganini ma'lum qildi.

Tunis Milliy Xavfsizlik Kuchlari 7 aprel kuni bergan bayonotida, 1 yanvardan 31 martgacha Tunis yaqinida amalga oshirilgan operatsiyalarda 900 ga yaqin tartibsiz migratsiya harakatining oldi olindi va 27 mingdan ortiq muhojir qo'lga olindi. 

Har yili minglab afrikalik tartibsiz muhojirlar yaxshiroq yashash umidida O'rta yer dengizi orqali Yevropaga yetib borish uchun Tunisga keladi.

Tunisda ko'p yillar davomida muhojirlar mahallalarida yashagan Afrika davlatlaridan kelgan muhojirlarning bir qismi Yevropaga yetib borishga muvaffaq bo'ladi, bba'zilari esa dengizda halok bo'lishadi.


Tanlangan kalimalar: #Tunis

Aloqador xabarlar