Yamanda yuz bergan tiqilinchda 78 kishi halok bo‘ldi

Ramazon hayiti oldidan Sana shahridagi ayrim ishbilarmonlar xayriya uchun pul tarqatmoqchi bo‘lgan. Biroq, tarqatish vaqtida olomon orasida tiqilinch boshlanib, 78 kishi halok bo'lgan, 150 dan ortiq odam tan jarohati olgan.

1977425
Yamanda yuz bergan tiqilinchda 78 kishi halok bo‘ldi

 

Yamanning Husiylar nazorati ostidagi Sana shahrida naqd pul yordami tarqatish chog‘ida yuz bergan tiqilinchda 78 kishi halok bo‘ldi, 150 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Ramazon hayiti oldidan Sana shahridagi ayrim ishbilarmonlar xayriya uchun pul tarqatmoqchi bo‘lgan.

Biroq, tarqatish vaqtida olomon orasida tiqilinch boshlanib, 78 kishi halok bo'lgan, 150 dan ortiq odam tan jarohati olgan.

Ichki ishlar vazirligining Sanadagi matbuot kotibi Abdulholik al-Ajeriy, pul tarqatish ishlari Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilmagan holda olib borilganini va shu sababli ikki ishbilarmon qo'lga olinganini aytdi.

Sanadagi xavfsizlik kuchlarining mintaqaga yo'l olganini qayd etgan Ajeriy, voqea bilan bog'liq tergov ishlari boshlanganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Yaman

Aloqador xabarlar