AQSh Turkiyaga F-16 modernizatsiya to'plamlarini sotishni ma'qulladi

“Pentagon taxminiy qiymati 259 million dollar boʻlgan F-16 samolyotlarini modernizatsiya qilish uchun Turkiyaga mudofaa texnikasi va xizmatlari hamda tegishli jihozlar sotishga ruxsat berishga qaror qildi”,-deyiladi bayonotda.

1976230
AQSh Turkiyaga F-16 modernizatsiya to'plamlarini sotishni ma'qulladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti mavjud F-16 jangovar samolyotlarining aloqa qobiliyatini modernizatsiya qilish uchun Turkiyaga "ko'p ma'lumot tarqatish tizimi" sifatida tanilgan Link-16 taktik ma'lumotlar havolasi (TDL) tizimi uchun modernizatsiya to'plamlarini sotishni ma'qulladi. 

Bu haqda AQSh Mudofaa xavfsizligi hamkorlik agentligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etildi.

“Pentagon taxminiy qiymati 259 million dollar boʻlgan F-16 samolyotlarini modernizatsiya qilish uchun Turkiyaga mudofaa texnikasi va xizmatlari hamda tegishli jihozlar sotishga ruxsat berishga qaror qildi”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotda, sotuvga ruxsat berilgani haqida Kongressga bildirishnoma yuborilganligi ham ma'lum qilindi.

Boshqa tomondan, AQSh Davlat departamentining o'z ismini oshkor etishni xohlamagan rasmiysi,

"Turkiya NATOning qimmatli ittifoqchisi hisoblanadi. AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Turkiyaning F-16 flotining avionikasini standartlashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi",-dedi.

U shuningdek, ushbu sotish qarori Turkiyaning NATO bilan o'zaro hamkorlik qilish qobiliyatini oshiradi hamda to'qnashuvdan qochish tizimlari kabi xavfsizlik choralarini yaxshilashga ko'mak beradi.

"Bu ham Turkiya, ham Turkiya bilan qoʻshma missiyalarda ishtirok etayotgan barcha ittifoqchilar va hamkorlar uchun oʻzaro muvofiqlik va muhim parvozlar xavfsizligi uchun muhim”,-deydi u.

AQSh Kongressi departamentning qarori ustidan 15 ish kuni ichida NATO a'zolariga berilgan savdo ruxsatnomalari uchun, NATOga a'zo davlatlar uchun esa 30 ish kuni ichida shikoyat qilish huquqiga ega.

Davlat departamenti odatda Kongressni o'zining savdo rejalari to'g'risida xabardor qiladi va qaytib kelganidan keyin rasmiy ma'lumot tarqatadi.


Tanlangan kalimalar: #F-16 , #Turkiya , #AQSh , #Pentagon

Aloqador xabarlar