Yamanda 77 nafar bola qizamiqdan halok bo‘ldi

Mamlakatda qizamiq epidemiyasining tarqalishi bilan bog'liq ko'rsatgichlar xavotirga sabab bo'lmoqda.

1975876
Yamanda 77 nafar bola qizamiqdan halok bo‘ldi

 

Joriy yil boshidan buyon Yamanda qizamiqdan 77 nafar bola halok bo‘ldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yamandagi Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) ma'lum qilishicha, mamlakatda qizamiq epidemiyasining tarqalishi bilan bog'liq ko'rsatgichlar xavotirga sabab bo'lmoqda.

"Yamanda joriy yilning boshidan buyon 9 ming 418ta qizamiq kasalligiga chalinish holati aniqlandi, 2023 yilning boshidan buyon 77 nafar bola qizamiqdan vafot etdi", deyiladi bayonotda.

Bayonotda, Yamanda 2022 yilda taxminan 22 ming qizamiq kasalligi aniqlangani va 160 kishi vafot etgani eslatildi.

Qizamiqdan tashqari, difteriya bilan kasallanish va bunday kasalliklardan o'lim holatlari ko'paygani ta'kidlandi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 19-mart kuni eʼlon qilgan bayonotida Yamanda qizamiq va poliomiyelit kasalliklari tarqalayotgani haqida ogohlantirgandi.

Mamlakatdagi fuqarolar urushi va uning oqibatlari tufayli sog‘liqni saqlash sohasi tibbiy asbob-uskunalar jihatidan jiddiy tanqislikni boshdan kechirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Yaman

Aloqador xabarlar