Rossiya 333 nafar Kanada fuqarosini sanksiya ro‘yxatiga kiritdi

Ro‘yxatga turli darajadagi siyosatchilar, shuningdek, parlament a’zolari, faollar va sportchilar kiritilgan.

1974245
Rossiya 333 nafar Kanada fuqarosini sanksiya ro‘yxatiga kiritdi

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 333 nafar Kanada fuqarosi, jumladan, siyosiy amaldorlarning mamlakatga kirishi taqiqlangani haqida xabar berdi.

Vazirlik tomonidan berilgan yozma bayonotda, Kanada ma'muriyatining Rossiya rasmiylari, siyosatchilar, jurnalistlar, ekspertlar va sportchilarga qarshi doimiy ravishda sanksiyalar joriy qilgani qayd etildi.

Shu sababdan 333 nafar kanadalik fuqaro sanksiya ro‘yxatiga kiritildi va ularning Rossiyaga kirishiga “doimiy” taqiq qo‘yildi. Muhokama qilinayotgan ismlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Ro‘yxatga turli darajadagi siyosatchilar, shuningdek, parlament a’zolari, faollar va sportchilar kiritilgan.

Rossiya va Kanada vaqti-vaqti bilan bir-birining fuqarolariga qarshi sanktsiyalar kiritadi.


Tanlangan kalimalar: #Kanada , #Rossiya

Aloqador xabarlar