Isroil hukumati yahudiylarga "Al-Aqso"ga kirishni taqiqladi

Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qaror qabul qildi.

1974219
Isroil hukumati yahudiylarga "Al-Aqso"ga kirishni taqiqladi

 

Musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi tugagunga qadar yahudiy ziyoratchilari va sayyohlariga Quddusdagi Al-Aqso masjidi joylashgan Ma’bad tog‘i majmuasiga borish taqiqlandi.

Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qaror qabul qildi.

Bosh vazir idorasining bildirishicha, bu qaror G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi xavfsizlik holatini har tomonlama baholashdan so‘ng qabul qilingan.

Biroq Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir bu harakatni tinchlik keltirmaydigan, balki xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni yanada keskinlashtirishga tahdid soladigan jiddiy xato deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq yahudiylarning aqidaparast guruhlari islomning eng muqaddas maskani bo‘lmish Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidida Pasxa qurbonliklarini uyushtirishga chaqirgan edi. Bunga javoban bir guruh falastinliklar masjid hududida tunab qolishgandi. Isroil politsiyasi dindorlarga qarshi kuch ishlatib, masjid hududida reyd uyushtirgandi.

200 dan ortiq odam hibsga olingandi. Tel-Avivning harakatlariga javoban G‘azo sektoridan Isroil janubiga raketalar uchirildi. Bunga javob Isroil havo kuchlari blokadadagi Falastin hududidagi ikkita nishonga zarba berdi. Bunday vaziyat butun dunyoda xavotir uyg'otdi. Jumladan BMT, Yevropa ittifoqi, Turkiya, AQSH, Kanada, Xitoy, Germaniya, Qozog‘iston va boshqa xalqaro tashkilot va davlatlar tomonlarni vazminlikka chaqirgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Al-Aqso masjidi , #Isroil

Aloqador xabarlar