Saudiya Arabistoni Yamanga 30 ming tonna yoqilg'i yubordi

Yuborilgan yonilg'i Yamanda tijoriy faoliyatni jonlantirish uchun 70 ta elektr stansiyasining ishlashiga hissa qo'shadi.

1972267
Saudiya Arabistoni Yamanga 30 ming tonna yoqilg'i yubordi

 

Saudiya Arabistoni tomonidan Yamanning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojini qo'llab-quvvatlash va tijoriy faoliyatini jonlantirish maqsadida yuborilgan 30 ming tonna yoqilg'i yordami Yamanning vaqtinchalik poytaxti Adenga yetib keldi.

Saudiya Arabistonining Yamanni qayta tiklash va rivojlantirish dasturining Twitter’dagi sahifasida shunday bayonot berildi.

Dastur doirasida yuborilgan 30 ming tonna yonilg'i haqida batafsil ma'lumot berilmagan.

Bayonotda, yuborilgan yonilg'i Yamanda tijoriy faoliyatni jonlantirish uchun 70 ta elektr stansiyasining ishlashiga hissa qo'shishi bildirildi.

Yamanning rasmiy xabar agentligi SABA xabariga ko'ra, dastur direktori o'rinbosari Ahmed al-Yahyo, Yamanga 2022 yilning noyabridan 2023 yilning apreligacha yonilg'i yordami taxminan 250 ming tonna bo'lganini aytdi.

Yaman hukumati 29-sentyabr kuni Saudiya Arabistonidan 200 million dollarlik mazut yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar