Tunis janubida muhojirlarga to'la qayiq cho'kib ketdi

"Sfaks shahridan 35 mil uzoqlikda cho'kib ketgan qayiqdagi 17 kishi qutqarildi, 20 ga yaqin muhojir esa g'oyib bo'ldi. Muhojirlarni qidirish va qutqarish ishlari davom etmoqda",-deydi adliya xodimi Fevzi Mesmudi.

1972255
Tunis janubida muhojirlarga to'la qayiq cho'kib ketdi

 

Tunis janubiy qirg‘oqlarida muhojirlarni olib ketayotgan 2 ta qayiqning cho‘kib ketishi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi.

Sfax Mahkamasi adliya xodimi Fevzi Mesmudi mahalliy matbuotga bergan bayonotida, oxirgi 24 soat ichida Afrikaning Sahroi osti o'lkalaridan tartibsiz muhojirlarni olib ketayotgan 2 qayiqning cho'kib ketganini bildirdi.

"Sfaks shahridan 35 mil uzoqlikda cho'kib ketgan qayiqdagi 17 kishi qutqarildi, 20 ga yaqin muhojir esa g'oyib bo'ldi. Muhojirlarni qidirish va qutqarish ishlari davom etmoqda",-deydi u.

Sfaks dengizida cho'kib ketgan ikkinchi qayiqda 43 nafar tartibsiz muhojir bo'lganini ifoda etgan Mesmudi, 36 nafar muhojirning qutqarilganini, 4 kishining jasadi topilganini, 3 kishining esa dengizda g'arq bo'lganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Tunis

Aloqador xabarlar