Isroil G'azodan so'ng, Livanga ham hujum boshladi

Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, Isroil mudofaa kuchlari Falastin qarshilik harakati XAMASning Livan hududida faoliyat yuritishiga ruxsat bermaydi deb bildirdi.

1971237
Isroil G'azodan so'ng, Livanga ham hujum boshladi
israil gazze lubnan saldiri.jpg

 

Isroilning G'azo sektoriga hujumlari davom etar ekan, Livanga ham hujum boshlaganini e'lon qildi.

Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, Isroil mudofaa kuchlari Falastin qarshilik harakati XAMASning Livan hududida faoliyat yuritishiga ruxsat bermaydi deb bildirdi.

Bayonotda, Livan o'z hududiga qilingan har qanday hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishi ta'kidlangan.

Livan matbuoti Isroil armiyasi Livan janubida joylashgan Falastin qochqinlar lageri er-Rasadiye yaqinidagi hududni bombalaganini yozdi.

Sur shahridagi er-Resadiye atrofiga kamida 3 ta raketa uchirilgani, dastlabki aniqlashlarga ko'ra qurbonlar bo'lmagani, ba'zi uylarning zarar ko'rgani qayd etildi.

Isroilning qamal ostidagi G’azo sektoriga hujumlari davom etmoqda.

Isroil harbiy samolyotlari G'azodagi Falastin qarshilik guruhlariga tegishli ba'zi harbiy nuqtalarni nishonga oldi.

Hujumda qurbonlar yoki tan jarohati olganlar bor-yo'qligi haqida ma'lumot berilmagan bo'lsa-da, ba'zi uylar va yerlar zarar ko'rdi.

Isroil hujumlariga G'azodan raketalar bilan javob qaytarildi. "Biz Isroilning tajovuziga javob berishda davom etamiz", deyiladi Falastin qarshilik guruhlari bayonotida.

Birlashgan Millatlar Tashkilotidan hujumlarni to'xtatishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi vaqtinchalik tinchlikparvar kuchlari barcha tomonlarni Moviy chiziq bo'ylab harakatlarini to'xtatishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat tinchlikparvar kuchlari qo’mondoni Aroldo Lazaroning har ikki o’lka rasmiylari bilan uchrashgani bildirildi va har ikki davlat ham urushni istamasligini bildirdi.

Hujumlardan so'ng ishg'ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi hovlisida yuzlab falastinlik bomdod namozini o'qidi.

Isroilning G'azoga qilgan hujumlariga norozilik bildirildi. Isroil politsiyasi bomdod namoziga borgan falastinliklarga tayoq bilan aralashdi.

Oxirgi kunlarda Isroil politsiyasining mintaqada Masjidul-Aqsoga nisbatan qonunbuzarliklari taranglikni yanada kuchaytirdi. Livandan Isroilga 34 raketa bilan qilingan hujum keskinlikni haddan tashqari oshirdi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujumlarga javob berishini aytdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Livan , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar