Yamanda sodir etilgan portlashda 4 kishi halok bo'ldi

Terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko'rayotgan DEASH terror tashkilotiga aloqador shaxslar haqidagi razvedkadan so'ng, kuzatuv o'tkazildi. Ular o'zlarining kuzatilayotganini payqagach, yo'lovchi avtobusiga yashirinib, o'zlarini portlatib yuborgan.

1971239
Yamanda sodir etilgan portlashda 4 kishi halok bo'ldi

 

Yaman poytaxti Sana shahrida yo'lovchi avtobusida sodir etilgan bombali hujumda 4 kishi halok bo'ldi.

Eron tomonidan qo'llab-quvvatlangan Husiylarning Ichki ishlar vazirligi kotibi Abdulhalik al-Ajri tomonidan berilgan yozma bayonotda, poytaxt Sanada yo'lovchi avtobusiga bombali hujum uyushtirilgani qayd etildi.

"Terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko'rayotgan DEASH terror tashkilotiga aloqador shaxslar haqidagi razvedkadan so'ng, kuzatuv o'tkazildi. Ular o'zlarining kuzatilayotganini payqagach, yo'lovchi avtobusiga yashirinib, o'zlarini portlatib yubordi",-deyiladi bayonotda.

Portlashda ikki hujumchi bilan birga ikki nafar tinch aholi vakili ham hayotdan ko'z yumgani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Yaman

Aloqador xabarlar