Niderlandiyadagi poyezd falokati 1 kishining umriga zomin bo‘ldi

Niderlandiyadagi poyezd falokati 1 kishining umriga, 30 kishining sog‘ligiga zomin bo‘ldi.

1969502
Niderlandiyadagi poyezd falokati 1 kishining umriga zomin bo‘ldi

Niderlandiya janubida yo‘lovchi poyezdi, yuk tashuvchi poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida relsdan chiqdi. Voqeada bir kishi halok bo‘lar ekan, 30 kishi og‘ir tan jarohati oldi.

Baxtsiz hodisadan keyin Gaaga va Amsterdam o‘rtasidagi Voorshoten qishlog‘iga bir nechta favqulodda vaziyatlar guruhi yo‘naltirildi.

Niderlandiya temir yo‘llari (NS), poyezdda 50 nafar yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qildi.

To‘qnashuvdan so‘ng yo‘lovchi poyezdining oldingi vagonlari relsdan chiqar ekan, orqadagi vagonda yong‘in boshladi.

Hodisadan so‘ng Leyden va Gaaga o‘rtasidagi poyezd qatnovi bekor qilindi.

Yaralanganlarning bir qismiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, qolganlari esa kasalxonaga yetkazildi.



Aloqador xabarlar