Pentagon Filippindagi 4 ta bazaga qo'shin joylashtirmoqchi

Qo‘shma Shtatlar avvalroq Filippin mudofaa infratuzilmasini mustahkamlash uchun 82 million dollar mablag‘ ajratgan edi.

1969462
Pentagon Filippindagi 4 ta bazaga qo'shin joylashtirmoqchi

 

Pentagon Filippindagi yana 4 ta bazaga qo'shinlar joylashtirilishini ma'lum qildi.

Pentagondan berilgan yozma bayonotda, Filippindagi Camilo Osias, Camp Melchor Dela Cruz, Balabac oroli va Lal-lo aeroporti bo'lgan to'rtta yangi bazaning Kengaytirilgan Mudofaa Hamkorligi Kelishuvi doirasiga kiritilgani ma'lum qilindi.

Bu doiraga ilgari kiritilgan 5 ta bazadan tashqari, ushbu to'rtta bazaga AQSh askarlari joylashtirilishi qayd etildi.

Shuningdek, Hind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik, gumanitar yordam va tabiiy ofatlar bo'yicha hamkorlik olib borilishi ta'kidlandi.

Qo‘shma Shtatlar avvalroq Filippin mudofaa infratuzilmasini mustahkamlash uchun 82 million dollar mablag‘ ajratgan edi.

Vashington shuningdek, Tinch okeanidagi Xitoyni to'xtatib turish uchun mintaqadagi mamlakatlarni qo'llab-quvvatlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Filippin , #AQSh

Aloqador xabarlar