Italiya partiyasi davlat tilini saqlab qolishni ko‘zlagan qonun loyihasini taqdim etdi

Italiya partiyasi (FdI) tomonidan davlat boshqaruvida italyancha o‘rniga xorijiy so‘zlardan foydalanganlarni jazoga tortishni ko‘zda tutgan qonun loyihasi taqdim etildi.

1968624
Italiya partiyasi davlat tilini saqlab qolishni ko‘zlagan qonun loyihasini taqdim etdi

Italiyada o‘ng qanot koalitsion hukumatining asosiy hamkori bo‘lgan o‘ng ittifoq Italiya partiyasi (FdI) tomonidan davlat boshqaruvida italyancha o‘rniga xorijiy so‘zlardan foydalanganlarni jazoga tortishni ko‘zda tutgan qonun loyihasi taqdim etildi.

Milliy matbuotda o‘rin olgan xabarlarga ko‘ra Bosh vazir Giorgia Meloni partiyasi FdI deputati Fabio Rampelli ushbu qonun loyihasini, parlamentning quyi palatasi Vakillar majlisiga topshirgan. Bundan maqsad, davlat boshqaruvida italyan tilidan foydalanishni kafolatlash va uni yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab qolish ekani qayd etilmoqda.

Qonun loyihasi barcha xorijiy tillarni qamrab olish bilan birga, ayniqsa, italyan tilining qadr-qimmatini tushiruvchi inglizcha so‘zlardan foydalanishga monelik qilishni nazarda tutgani ifoda etildi.

Parlamentda muhokama qilinadigan qonun loyihasi, davlat sektorida ishlovchilardan yozmacha va og‘zaki italyan tilini yaxshi bilishini talab qiladi. Shu bilan birga mamlakatda faoliyat yuritgan xususiy shirkatlarning nomlari va nomlarining qisqartmalari doxil rasmiy yozishmalarda ingiliz tilidan foydalanishni man etishni ko‘zlamoqda.

Agar qonun loyihasi kuchga kirgudek bo‘lsa unda ushbu qoidalarni buzganlar uchun kamida 5 ming yevro, eng ko‘p 100 ming yevro jarima solinadi.



Aloqador xabarlar