Danilov: Kreml Belarusni yadroviy jihatdan garovga oldi

Danilov, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Putinning Belarusda taktik yadroviy qurollar joylashtirish haqidagi bayonoti baholadi.

1965417
Danilov: Kreml Belarusni yadroviy jihatdan garovga oldi

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi raisi Oleksey Danilov, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Belarusda taktik yadroviy qurollar joylashtirish haqidagi bayonotiga nisbatan, “Kreml Belarusni yadroviy jihatdan garovga oldi”.- dedi.

Danilov, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bergan bayonotida, Putinning mazkur bayonotini Belarusning, “beqarorlashtirilishiga qaratilgan qadam”,- deb baholadi.

Shuningdek Danilov, Putinning Belarusdagi taktik yadroviy qurol bayonotini nazarda tutgan holda bu vaziyat Rossiya bilan Putinning Belarus jamiyatidagi salbiy fikrini yana-da kuchaytirishini bildirdi. So‘zlari davomida “Kreml Belarusni yadroviy jihatdan garovga oldi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eslatib o‘tamiz, Putin Belarusga taktik yadroviy qurol joylashtirmoqchi ekanliklarini qayd etar ekan buni yadroviy qurollarni yoymaslik shartnomasini buzmagan holda amalga oshirajaklarini bildirgandi.

 



Aloqador xabarlar