Ukraina bosib olingan hududlar mutlaqo ozod qilinishini ta'kidladi

Vazirlik, Rossiya, Qrim maqomi ustidan referendum o‘tkazganiga 9 yil bo‘lgani ta’kidlandi.

1961864
Ukraina bosib olingan hududlar mutlaqo ozod qilinishini ta'kidladi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomonidan anneksiya qilingan barcha hududlar mutlaqo ozod qilinishi, buning faqatgina vaqt masalasi ekanini bildirdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Rossiya, Qrim maqomi ustidan referendum o‘tkazganiga 9 yil bo‘lgani ta’kidlandi.

Rossiya tomonidan 2014 va 2022 yillarda Ukrainada o‘tkazilgan referendumlarning hech qanday ma’muriy natija bermaganiga e’tibor qaratilgan bayonotda:

“2022-yili referendum oʻtkazilgan viloyatlarning ko‘pchiligi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qutqarildi. Vaqtinchalik bosib olingan boshqa hududlar ham mutlaqo ozod qilinadi. Bu faqatgina vaqt masalasidir”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Xalqaro hamjamiyat, jumladan, Xalqaro Qrim platformasi ishtirokchilari Ukrainaning hududiy yaxlitligini aniq va qat’iy qaror bilan qoʻllab-quvvatlayotgani ta’kidlangan bayonotda, Ukraina, Rossiya va uning maʼmuriyati qo‘l urgan jinoyatlari (hujumkorlik, harbiy va insoniyatga qarshi) uchun jazolanishi va buning uchun har qanday chorani ko‘rishlarini bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #Ukraina , #Rossiya , #referendum

Aloqador xabarlar