Pokistondagi sel falokati tufayli 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Pokistonning Balujiston viloyatida sel falokati tufayli 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

1961836
Pokistondagi sel falokati tufayli 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Pokistonning Balujiston viloyatida noqulay ob-havo sharoiti yo‘l ochgan sel falokati tufayli 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Dawn gazetasining xabariga ko‘ra Huzdar, Zob va Avaran hududlarida kecha tunda boshlagan kuchli yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘lgan.

Kalat tumanidan Avaranga ketmoqchi bo‘lgan va ichida bir oiladan 8 kishi bor avtomobil suv ostida qolgan. Hodisa oqibatida ularning hammasi (2 nafari yosh bola, 3 nafari ayol kishi, jami 8 kishi) hayotdan ko‘z yumgan.

Zob hududida esa 2 kishi suv toshqini oqibatida halok bo‘ldi.

Suv toshqini ostida qolgan va qo‘y bilan echki aralashgan 10 ta qora mol ham nobud bo‘lgan. Hududdagi ba’zi taxta uylar ham ziyon ko‘rgan.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Balujiston , #sel falokati

Aloqador xabarlar