BMT: Don yo‘lagi kelishuvining davom etishi global oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan muhim

Rebeka Grinspan bilan Martin Griffits kecha, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin boshchiligidagi yuqori darajali delegatsiya bilan uchrashdi.

1959286
BMT: Don yo‘lagi kelishuvining davom etishi global oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan muhim

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) don yo‘lagi haqidagi kelishuvining davom etishi, global oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan alohida o‘ringa ega ekanini ta’kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jeneva byurosi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, kecha Shveytsariyaning Jeneva shahrida don yo‘lagi haqidagi kelishuv muddatining uzaytirilishi ustidan BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferentsiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan bilan BMTning Gumanitar masalalardan mas’ul Bosh kotib o‘rinbosari va favqulodda yordam koordinatori Martin Griffits, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin boshchiligidagi yuqori darajali delegatsiya bilan uchrashgani bildirildi.

Bayonotda, uchrashuvning, 2022-yil 22-iyulda imzolangan ikki kelishuvning amalga oshirilishi muhokama qilingani, bu kelishuvlar Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina va BMT o‘rtasidagi “Qora dengiz don tashabbusi” hamda hech qanday muammosiz oziq-ovqat va o‘g‘itlarning eksportini qulaylashtirish uchun Rossiya bilan BMT o‘rtasidagi “Memorandum” ekani qayd etildi.

Xabar qilinishicha Bosh kotib Antoniu Guterrish, BMTning Qora dengiz don tashabbusidan tashqari Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘it eksportini qulaylashtirish sa’y-harakatlariga to‘liq sodiqligini ifoda etgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rossiya tomonidan 18-martda muddati tugaydigan Don yoʻlagi kelishuvining atigi 60 kunga uzaytirilishiga qarshi emasligi haqidagi so‘zlarini qayd etganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, “Bosh kotib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qora dengiz don tashabbusining butunligini saqlab qolish va davom ettirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini yana bir bor tasdiqladi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Don yo‘lagi kelishuvi 24 million tonna g‘alla eksportiga imkon bergani bildirilgan bayonotda, “Don yo‘lagi kelishuvining davom etishi global oziq-ovqat xavfsizligi uchun judayam muhimdir. Chunki don va o‘g‘it narxlari hamda ulardan foydalanish imkoniyati urushdan oldingi darajaga yetmadi. Bu holat ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda qiyinchiliklarga yo‘l ochmoqda”.-deyildi.

Eslatib o‘tamiz:

O‘tgan 2022-yil 22-iyulda Istanbulda imzolangan Don yo‘lagi kelishuvi, 2022-yil 19-noyabrdan e’tiboran 120 kunga uzaytirilgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar