AQSh va Filippin armiyasi 4000 dan ortiq askar ishtirokida mashq o'tkazdi

AQSh va Filippin armiyasi mamlakatning eng katta harbiy zonasi joylashgan Palayan shahrida taxminan 3 hafta davom etadigan "Salaknib" nomli mashg'ulotni boshladi.

1959624
AQSh va Filippin armiyasi 4000 dan ortiq askar ishtirokida mashq o'tkazdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) va Filippin armiyasi 4000 dan ortiq askar ishtirokida mashq o'tkazdi.

AQSh va Filippin armiyasi mamlakatning eng katta harbiy zonasi joylashgan Palayan shahrida taxminan 3 hafta davom etadigan "Salaknib" nomli mashg'ulotni boshladi.

Filippin armiyasi qo'mondoni general Romeo Brauner va AQSh armiyasi qo'mondoni general Xavier Brunson ishtirokidagi marosim bilan boshlangan mashg'ulotlarda 1000 dan ortiq Filippin askari va 3000 dan ortiq AQSh askari ishtirok etmoqda.

Mashq haqida ma'lumot bergan General Brauner, mashg'ulotlar Filippin va AQSh askarlarining havo va qirg'oq mudofaa salohiyatini oshirish va turli harbiy amaliyotlarda ikki armiya o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilganligini aytdi.

Mamlakatda 2016 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan “Salaknib” mashg‘ulotlari 4 aprelga qadar davom etishi ma’lum qilindi.

Filippin 2014-yilda ikki davlat o‘rtasida imzolangan Mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Kengaytirilgan kelishuv (EDCA) doirasida Xitoyning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida kuchayib borayotgan ta’siriga qarshi turish uchun 2 fevral kuni AQShga mamlakatdagi yana 4 ta bazaga kirishga ruxsat berdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Harbiy mashg'ulot , #Armiya , #Filippin , #AQSh

Aloqador xabarlar