Iroqda DEAShning 22 nafar a’zosi yoʻq qilindi

Iroqda DEASh terror tashkilotining 22 nafar a’zosi yoʻq qilindi.

1958488
Iroqda DEAShning 22 nafar a’zosi yoʻq qilindi

Iroqda DEAShga qarshi uyushtirilgan amaliyotda, terror tashkilotining 22 nafar a’zosi yoʻq qilindi.

Iroqning “INA” rasmiy agentligi ma’lumotlariga koʻra, Iroq terrorizmga qarshi kurash boʻlimi rahbari general-leytenant Abdulvahob as-Saidiy, qoʻshma amaliyotlar qoʻmondoni oʻrinbosari Kays al-Muhammadaviy bilan amaliyot ustidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Saidiy unda, Enbarda uyushtirilgan amaliyotda tashkilotning 22 a’zosi oʻldirilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha ular orasida, Fallujadan mas’ul ekani aytilgan shaxs ham boʻlgan.

Saidiy, amaliyotning davom etganini oʻz soʻziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #terror tashkiloti , #DEASh

Aloqador xabarlar