Gruziyada "xorijiy agentlar" to'g'risidagi qonun loyihasi bekor qilindi

Qonun loyihasini chaqirib olish bugun Gruziya parlamentida ovoz berish orqali rasmiylashtirildi.

1957995
Gruziyada "xorijiy agentlar" to'g'risidagi qonun loyihasi bekor qilindi

 

10 mart, juma kuni Gruziya parlamenti yalpi majlisda "xorijiy agentlari" to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishga qarshi ovoz berdi va shu bilan uni rasman bekor qildi.

Gruziyadagi muxoliflar qonun loyihasiga matbuot erkinligini cheklaydi va nodavlat tashkilotlarni bostiradi, deb munosabat bildirgan edi.

Qonun loyihasini chaqirib olish bugun Gruziya parlamentida ovoz berish orqali rasmiylashtirildi.

Agar qonun kuchga kirsa, moliyalashtirishning 20 foizdan ortig‘ini xorijiy manbalardan oladigan mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari “xorijiy vakolatxonalar” sifatida ro‘yxatga olinardi.

Muxoliflar qonun loyihasini 2012-yilda qo‘llanilgan matbuot erkinligini cheklovchi Rossiya qonuniga o‘xshatishdi.

Muxoliflar qonun mamlakatni Yevropa Ittifoqi a'zoligidan chiqarib tashlashini ta'kidladilar.

Yevropa Ittifoqining Gruziyadagi delegatsiyasi qonun loyihasini qaytarib olish qarorini olqishladi.


Tanlangan kalimalar: #Gruziya

Aloqador xabarlar