Meksikada tahminan 8,76 million noqonuniy muhojir istiqomat qilmoqda

Verakruz shtatidagi yuk tashuvchi mashina orqasida Gonduras, El Salvador, Gvatemala va ekvadorlik muhojirlar borligi aniqlandi.

1956283
Meksikada tahminan 8,76 million noqonuniy muhojir istiqomat qilmoqda

Meksika sharqida tashlab ketilgan yuk tashuvchi mashina omboridan noqonuniy 343 nafar muhojir topildi.

Meksika Milliy Migratsiya instituti (INM) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Verakruz shtatidagi yuk tashuvchi mashina orqasida Gonduras, El Salvador, Gvatemala va ekvadorlik muhojirlar borligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, topilgan 343 nafar muhojirdan 103 nafari yosh bola.

Bosh prokuratura (FGR) bilan Jinoiy qidiruv agentligi (AIC) voqea yuzasidan tergov ishlari boshlaganini ma’lum qildi.

Taxminlarga ko‘ra, yuk tashuvchi mashina haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Muhojirlar esa, inson kontrabandachilarining Amerika Qoʻshma Shtatlariga yetkazib qoʻyishi haqidagi va’dalariga aldangan.

INM oʻtgan hafta Baja Kaliforniya shtatidagi mehmonxonada 79 nafar muhojir borligi haqida ma’lumot boʻlishgandi.

Meksika hukumati ma’lumotlariga koʻra, mamlakatda, tahminan 8,76 million noqonuniy muhojir istiqomat qilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Meksika , #noqonuniy muhojir

Aloqador xabarlar