Bangladeshdagi qochqinlar lagerida yong'in sodir bo'ldi

Yong'inda 2 mingta chodir yonib ketgan, 12 ming kishi esa uyini tark etgan.

1955135
Bangladeshdagi qochqinlar lagerida yong'in sodir bo'ldi

 

Bangladeshning Koks-Bazar hududidagi Rohingya musulmonlari yashab kelayotgan qochqinlar lagerida yong'in sodir bo'ldi.

Yong'inda 2 mingta chodir yonib ketgan, 12 ming kishi esa uyini tark etgan.

Qochqinlar lagerlari xavfsizligidan mas'ul vakillar, mamlakat janubidagi Koks-Bazarda joylaylashgan 11-lagerdagi yong'in nazorat ostida bo'lganini, yong'inda qurbonlar bo'lmaganini ma'lum qildi.

Rasmiylar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar Oliy Komissarligi (UNHCR) va Jahon Oziq-ovqat dasturi kabi yordam tashkilotlari oziq-ovqat va shunga o'xshash zarur yordam ko'rsatishini ma'lum qildi.

Rasmiylar, shuningdek, yong‘indan jabr ko‘rgan Rohingya musulmonlari turli lagerlarga joylashtirilishini ma’lum qildi.

Yong‘in ovqat pishirish uchun ishlatiladigan peshkalardan chiqqan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Bangladeshdagi qochqinlar lagerlarida avval ham yong‘inlar sodir bo‘lgan.

2021-yil mart oyidagi yong‘inda 10 mingdan ortiq chodir yonib ketgan va 15 kishi halok bo‘lgandi.

O‘tgan yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan yong‘inda faqat aholi punktlari zarar ko‘rgandi.


Tanlangan kalimalar: #Bangladesh

Aloqador xabarlar