AQShda yana poyezd halokati yuz berdi

Ogayo shtatida yuk tashuvchi poyezdi relsdan chiqib ketdi.

1955011
AQShda yana poyezd halokati yuz berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) yana poyezd halokati yuz berdi.

Ogayo shtatida yuk tashuvchi poyezdi relsdan chiqib ketdi.

O‘tgan oyda Ogayo shtatida kimyoviy moddalarni tashigan poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida portlash yuz berib, ortidan yana bir poyezd halokati qayd etilgandi.

Springfild shahrida yuk tashuvchi poyezdlardan birining 20 ta vagoni relsdan chiqib ketdi.

Hodisa oqibatida hech kimning jarohat olmagani va xavfli moddalar sizib chiqmagani ma’lum qilindi.

Ogayo shtatida 3-fevral kuni kimyoviy moddalarni tashigan 150 vagonli poyezdning 50 vagoni relsdan chiqib, ortidan portlash sodir bo‘lgandi.

Baxtsiz hodisadan keyin atrof-muhitga yirik miqdorda zaharli kimyoviy moddalar tarqagandi.



Aloqador xabarlar