Tolibon Yevropa Ittifoqidan Afg‘onistondagi elchixonalarini qayta ochishni so‘radi

Tolibon muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Amirxon Muttaki Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson va uning delegatsiyasi bilan uchrashdi.

1954297
Tolibon Yevropa Ittifoqidan Afg‘onistondagi elchixonalarini qayta ochishni so‘radi

 

Tolibon muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Amirxon Muttaki Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Afg‘onistondagi elchixonalarini qayta ochishni so‘radi.

Muttaki Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Niklasson va uning delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Tolibon muvaqqat hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari Hafiz Ziyo Ahmad o‘zining Twitter’dagi sahifasida uchrashuv tafsiloti haqida bayonot berdi.

Uning ta'kidlashicha, Amirxon Muttaki uchrashuvda Afg'oniston va Yevropa Ittifoqi davlatlari o'rtasidagi diplomatik aloqalarni yaxshilash uchun zarur qadamlar qo'yilishi kerakligini va Yevropa Ittifoqi davlatlarining Kobuldagi elchixonalarini qayta ochishga chaqirish kerakligini aytdi.

U shuningdek, Muttakining Afg'onistonga ko'rsatilgan insonparvarlik yordami uchun Yevropa Ittifoqiga minnatdorchilik bildirganini ta'kidladi.

Tolibon rasmiysi bergan ma'lumotga ko'ra, Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Niklasson Tolibonning hokimiyatga kelishi bilan Afg'onistonda xavfsizlik ta'minlangani va korrupsiyaga qarshi kurashda jiddiy qadamlar tashlanganini ma'lum qilgan.

Niklasson shuningdek, Afg'onistonga insonparvarlik yordamini davom ettirishlarini bildirdi.

Eslatma: Yevropa Ittifoqi davlatlari 2021-yil 15-avgustda Afgʻoniston maʼmuriyatiga toliblar kelganidan soʻng u yerdagi elchixonalarini yopgandi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon

Aloqador xabarlar