AQSh Turkiya va Misr o'rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi tarafdori

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays, Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukrining kecha Turkiyaga qilgan ziyorati bilan bog'liq holda, har ikki o'lka ham AQShning muhim hamkorlari va munosabatlarini yaxshilashni rag'batlantirayotganini aytdi.

1952553
AQSh Turkiya va Misr o'rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi tarafdori

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Turkiya va Misr o'rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishini rag'batlantirganini ma'lum qildi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays, Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukrining kecha Turkiyaga qilgan ziyorati bilan bog'liq holda, har ikki o'lka ham AQShning muhim hamkorlari va munosabatlarini yaxshilashni rag'batlantirayotganini aytdi.

Kundalik matbuot anjumanida savollarga javob bergan Price, Shukrining Turkiya ziyorati haqida gapirdi.

“Albatta Turkiya ham, Misr ham muhim hamkorlarimiz. Biz har doim asosiy hamkorlarimiz munosabatlarini yaxshilashni rag‘batlantiramiz”. dedi.

10 yillik tanaffusdan keyin Turkiyaga kelgan Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukrini Adana aeroportida Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li kutib olgan edi.

Ikki vazir, 6-fevraldagi zilzilalarda zarar ko'rganlar uchun  Misr yordam materiallarini olib ketayotgan "El Hurriye" kemasi langar tashlagan  Mersin xalqaro portida bayonot berdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Misr Prezidenti Abdulfettah Es-Sisining noyabr oyida Dohada bo’lib o’tgan uchrashuvida Misr bilan aloqalarda yangi sahifalar ochilganini qayd etgan Chavusho’g’li,  Shukri bilan bu aloqalarni yaxshilash uchun tashlanadigan qadamlarni muhokama qilganliklarini bildirdi.

Vazir Shukri, shuningdek, Misr va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarni qayta tiklashga va bu munosabatlarni ikki davlatning umumiy manfaatlariga mos ravishda davom ettirishga ahamiyat berganliklarini qayd etdi .Misr Turkiyadagi birodarlarining yonida bo'ladi, bundan buyon aloqalarimiz eng yaxshi darajaga chiqishiga ishonaman." so'zlarni ishlatgan edi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Aloqalar , #Misr , #Tukiya , #AQSh

Aloqador xabarlar