JSST Yamanga 392 mln dollar yordam ko‘rsatishga chaqirdi

"Yaman sog'liqni saqlash tizimining potentsial qulashini oldini olish uchun xalqaro donorlar va boshqa sheriklarning shoshilinch va kuchli yordamiga muhtoj",-deydi JSSTning Yamandagi vakili Edhem Abdulmunim.

1952473
JSST Yamanga 392 mln dollar yordam ko‘rsatishga chaqirdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yamanda sog‘liqni saqlash infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 392 million dollar yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

JSSTning Yamandagi vakili Edhem Abdulmunim yozma bayonotida shunday dedi:

"Yaman sog'liqni saqlash tizimining potentsial qulashini oldini olish uchun xalqaro donorlar va boshqa sheriklarning shoshilinch va kuchli yordamiga muhtoj".

Uning ta’kidlashicha, Yaman sog'liqni saqlash tizimi 12,9 million kishiga eng asosiy xizmatlarni taqdim etishda davom etishini ta'minlash uchun 392 million dollarlik yangi moliyaviy yordamga muhtoj.

Kunimizda JSST rahbarligida sog'liqni saqlash uchun ajratilgan mablag'larning atigi 3,5 foizi taqdim etilgan xalos.

Agar kerakli moliyaviy yordam ko'rsatilmasa, Yamandagi shoshilinch sog'liqni saqlash tadbirlarini davom ettira olmasligini ta'kidlagan Abdulmunim,

"Shuning uchun biz donorlarni Yaman xalqiga hayotni saqlaydigan muhim tibbiy xizmatlarni taqdim etish bo'yicha harakatlarimizni qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqiramiz",-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #JSST , #Yaman

Aloqador xabarlar