Jazoir Ukrainadagi elchixonasini qayta ochadi

Jazoir Prezidenti Abdulmejid Tebbun, Ukrainadagi urush tufayli yopilgan mamlakatining elchixonasi qayta ochilishini ma’lum qildi.

1951832
Jazoir Ukrainadagi elchixonasini qayta ochadi

 

Jazoir Prezidenti Abdulmejid Tebbun, Ukrainadagi urush tufayli yopilgan mamlakatining elchixonasi qayta ochilishini ma’lum qildi.

Jazoir davlat televideniyesi prezident Tebbunning mahalliy matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvini namoyish etdi.

“Biz tashqi ishlar vazirligimiz bilan kelishilgan holda shu hafta Kiyevdagi elchixonamizni qayta ochamiz”, dedi Tebbun. Uning ta'kidlashicha, vazirlik ushbu qaror tafsilotlari bo'yicha kommunike chiqaradi.

Jazoirning Kiyevdagi elchixonasi mart oyi boshida Ukrainadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli o‘z ishini to‘xtatib, xodimlarini evakuatsiya qilishini ma’lum qilgan edi.

Bu qaror Rossiya 2022-yil 24-fevralda Ukrainaga qarshi harbiy operatsiya boshlaganidan keyin qabul qilingan.

 


Tanlangan kalimalar: #Qayta ochadi , #Elchixona , #Urkraina , #Jazoir

Aloqador xabarlar