Xitoy-Tojikiston chegarasida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Mahalliy vaqt bilan soat 06.37 da sodir boʻlgan zilzila Qirgʻiziston poytaxti Bishkek hamda Oʻsh va uning tumanlarida ham sezilgan.
Xitoy-Tojikiston chegarasida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani xabar qilindi.
Xitoy zilzila tarmoqlari markazi (CENC) tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati bilan Tojikiston sharqidagi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati chegarasi yaqinida 7,2 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Amerika Qo'shma Shtatlari Geologiya xizmati (USGS) zilzila magnitudasi 6,8 ballni, epitsentri esa Tojikiston chegarasidagi Murg'ob shahridan 67 kilometr g'arbda bo'lgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 06.37 da sodir boʻlgan zilzila Qirgʻiziston poytaxti Bishkek hamda Oʻsh va uning tumanlarida ham sezilgan.
Aloqador xabarlar
Armanistonda Pashinyanning iste'fosi talab qilindi
Armanistonda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosi talab qilindi.