Braziliyada kuchli dovul oqibatida qurbonlar soni 46 kishiga yetdi

“Qutqaruv guruhi seshanba kuni dovul qurbonlarini qidirishni qaytadan boshlagan. Fuqaro mudofaasi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jami 46 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi bedarak yo’qolgan”,-deyiladi xabarda.

1949883
Braziliyada kuchli dovul oqibatida qurbonlar soni 46 kishiga yetdi

 

O‘tgan yakshanba kuni Braziliyaning San-Paulu shtatida kuchli dovul va rekord darajadagi yog‘ingarchiliklar 46 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

“Qutqaruv guruhi seshanba kuni dovul qurbonlarini qidirishni qaytadan boshlagan. Fuqaro mudofaasi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jami 46 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi bedarak yo’qolgan”,-deyiladi xabarda.

Shifoxonalarda davolanayotgan 7 kishining ahvoli og’ir.

Mamlakat rasmiylari hamon davom etayotgan yog’ingarchilik tufayli insonlarni ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

Taxminan 2500 kishi maktablar va nodavlat tashkilotlarning ofislariga sig’ingani aytilmoqda.

Braziliya davlat rahbari Luiz Inacio Lula da Silva Twitter’da falokat zonasiga tashrif buyurishini bildirdi.

 “Biz davlatimizning barcha bo'linmalari bilan birga falokat zonasiga kelamiz va yaradorlarni himoya qilamiz. Bedarak yo’qolganlarni albatta topamiz. Biz mintaqadagi yo'llarni, energetika va telekommunikatsiya aloqalarini qayta tiklaymiz”,-deydi davlat rahbari.

Venesuela tashqi ishlar vaziri Yvan Gil kuchli dovul va ko’chkilarda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Braziliya hukumatiga hamdardlik bildirdi.

"Biz Nikolas Maduro hukumati nomidan qurbonlarning oilalariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Biz Braziliya hukumati bilan birdamligimizni bildirmoqchimiz”,-deydi Venesuela tashqi ishlar vaziri.

Yakshanba kuni San-Pauluda yog‘ingarchilik ayrim tumanlarda 600 millimetrga yetgan, hozirda yomg‘ir shiddati ancha pasaygani aytilmoqda. San-Paulu hukumatining ma’lum qilishicha, mintaqada 766 kishi suv toshqinlari va yer o‘pirilishlari natijasida boshpanasiz qolgan, 1 ming 730 kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. San-Paulu gubernatori bir qator ma’muriy birliklarni halokat hududlari, deb e’lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar