Yaponiya Ukraina uchun ajratgan moliyaviy yordam miqdorini orttirmoqchi

Bosh vazir Kishida Fumio, Rossiya hujumlariga 1-yil to‘lgan 24-fevraldan oldin Ukrainaga yordam berishni oshirish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

1949178
Yaponiya Ukraina uchun ajratgan moliyaviy yordam miqdorini orttirmoqchi

Yaponiya hukumati Rossiya hujumlarini davom ettirayotgan Ukrainaga 5,5 miliard dollarlik moliyaviy yordam paketini e’lon qildi.

Bosh vazir Kishida Fumio poytaxt Tokioda o‘tkazilgan simpoziumda so‘zlagan nutqida, Rossiya hujumlariga 1-yil to‘lgan 24-fevraldan oldin Ukrainaga yordam berishni oshirish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Kishida Fumio shu doirada Ukrainaga 5,5 miliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

Qayd etilishicha mazkur moliyaviy yordam, Ukraina infratuzilmasini ta’mirlash ishlari uchun rejalashtirilgan.



Aloqador xabarlar