Tojikistonda qor ko‘chkisi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Qor ko'chkisi tufayli poytaxt Dushanbeni mamlakat shimoli bilan bog'lovchi Dushanbe-Chanak avtomobil yo'li bilan bir qatorda ba'zi avtomagistrallarning transport harakati uchun yopilgan.

1947761
Tojikistonda qor ko‘chkisi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

 

Tojikistonda qor ko‘chkisi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi bayonotida qayd etildi.

Qayd etilishicha, soʻnggi kunlarda mamlakatning togʻli hududlarida qor koʻchkisi oqibatida halok boʻlganlar soni 17 nafarga yetgani maʼlum qilingan.

Oxirgi kunlarda 100 ga yaqin qor koʻchkisi sodir boʻlganligi va xavfning hamon davom etayotgani taʼkidlangan holda, ofat hududida qidiruv-qutqaruv guruhlari faoliyatlarini davom ettirayotgani qayd etildi.

Bayonotda, qor ko'chkisi tufayli poytaxt Dushanbeni mamlakat shimoli bilan bog'lovchi Dushanbe-Chanak avtomobil yo'li bilan bir qatorda ba'zi avtomagistrallarning transport harakati uchun yopilgani bildirildi.

Kecha Tojikiston rasmiylari tabiiy ofatda 4 ta uy butunlay vayron bo‘lganini, mintaqadagi 35 ta uy, 5 ta korxona va infratuzilma tizimlariga jiddiy zarar yetganini bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston

Aloqador xabarlar