JSST, Suriyada zilzilalar tufayli 8500 kishi hayotdan ko'z yumdi deb bildirdi

Suriyada Qahramanmaroshdagi 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar tufayli 8500 kishining hayotdan ko'z yumgani va bu raqam ortishi mumkinligi bildirildi.

1945592

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Sharqiy O'rtayer dengizi mintaqasi favqulodda vaziyatlar direktori Richard Brennan Suriyada zilzilalar tufayli taxminan 8500 kishi halok bo'lganini aytdi.
“Aniq raqam aytish qiyin, soni kundan-kunga ortib bormoqda. Biroq, bugungi kungacha, biz bilgan ma'lumotlarga ko'ra, Suriya hukumati nazorati ostidagi hududlarda taxminan 4 ming kishi halok bo'ldi va 2 ming 500 kishi jarohat oldi, Suriyaning shimoli-g'arbiy qismida esa taxminan 4 ming 500 kishi halok bo'ldi. 7 ming 500 kishi yaralandi" dedi. Brennan, bu raqamlarning ortib borayotganini va davom etishini ham qo'shimcha qildi.
O'tgan hafta 10 viloyatda sodir bo'lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar Turkiyada ham minglab odamlarning hayotiga zomin bo'ldi va "asr falokati" sifatida ta'riflanmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #JSST , #Zilzila , #Suriya

Aloqador xabarlar