Chilining markaziy va janubiyda sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlarida qurbonlar soni 13 nafarga yetdi

Chilining markaziy va janubiy qismlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi.

1941860
Chilining markaziy va janubiyda sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlarida qurbonlar soni 13 nafarga yetdi

 

Chilining markaziy va janubiy qismlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi.

Maurisio Tapia, Milliy ofatlarning oldini olish va ularga javob berish xizmati direktori: "Afsuski, jami 13 qurbonimiz borligini bildirmoqchimiz. Biobio hududida 11 kishi halok bo'ldi. Boliviyalik uchuvchi va Chililik texnik xodim qulab tushgan vertolyotda halok bo'ldi." dedi.

Chili Qishloq xo‘jaligi vaziri Esteban Valenzuela o‘z bayonotida o‘rmon yong‘inlariga javob berish vazifasi yuklangan o‘t o‘chirish vertolyotining qulab tushganini aytdi.

La Araukaniya, Biobio va Nubleda 50 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari davom etayotgani, shu paytgacha 45 ming gektardan ortiq maydon kulga aylangani qayd etildi.

Aholi yashash joylariga tahdid solayotgan yong‘in tufayli minglab odamlar evakuatsiya qilingani, yuzdan ortiq uy butunlay yonib ketgani aytildi.

Qattiq yong‘inlarda  o’t o‘chirish ishlarini armiya a’zolari ham qo‘llab-quvvatlagani ma’lum qilindi.

Kuchli issiqlik to'lqini o'z ta'sirini ko'rsatgan janubiy viloyatlarda havo harorati 40 darajaga ko'tarildi.

Prezident Gabriel Borich Patagoniyadagi ta’tilini bekor qilib, tabiiy ofat sodir bo‘lgan mintaqaga borishi ma’lum qilingan.

Borik markaziy va janubiy hududlarda favqulodda holat e'lon qilinganini e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Yong'in , #O'rmon , #Chili

Aloqador xabarlar