Chilida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inida 750 gektardan ortiq maydon kulga aylandi

Poytaxt Santyago, Nunoa, MetroSur, La Granja, TilTil, Melipilla, El Monte, Talagante, Kolina, Buin, Quilicura va El Quisco kabi mintaqalarda o'rmon yong'inlari, ayniqsa Nuble va Biobio mintaqalarida  avj olishda  davom etmoqda.

1941714
Chilida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inida 750 gektardan ortiq maydon kulga aylandi

 

Chilining ko‘plab hududlarida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inida 750 gektardan ortiq maydon kulga aylandi.

Poytaxt Santyago, Nunoa, MetroSur, La Granja, TilTil, Melipilla, El Monte, Talagante, Kolina, Buin, Quilicura va El Quisco kabi mintaqalarda o'rmon yong'inlari, ayniqsa Nuble va Biobio mintaqalarida  avj olishda  davom etmoqda.

Milliy o'rmon xo'jaligi agentligi tomonidan berilgan bayonotda Chillan shahri yaqinidagi yong'inda 550 gektar o'rmon maydoni, Nubleda esa 200 gektar o'rmon maydoni yonib ketgani bildirildi.

Ichki ishlar vaziri Karolina Toxa Nuble va Biobio hududlarida qizil signal e'lon qilinganini ma'lum qildi.

Poytaxt Santyago va Chilining ayrim hududlaridagi 7 ta tabiiy bog‘ vazirlik buyrug‘i bilan yong‘in xavfi tufayli vaqtincha yopildi.

Nublda ba'zi qishloq joylarida odamlar evakuatsiya qilishga chaqirildi.


Tanlangan kalimalar: #o‘rmon yong‘in , #Chili

Aloqador xabarlar