Pokistonda uyushtirilgan xudkushlik hujmida 34 kishi halok bo‘ldi

Pokistondagi jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujmida 34 kishi halok bo‘ldi.

1939881
Pokistonda uyushtirilgan xudkushlik hujmida 34 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyatidagi jome’ masjidiga qarshi kecha uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi politsiya xodimlari.

Milliy matbuotning xabar berishicha, shaharning Police Lines hududida joylashgan jome’ masjidiga qarshi peshin namozi vaqtida xudkushlik hujumi sodir etilgan.

Hujumda ko‘pchiligi politsiya xodimlaridan iborat 34 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 150 kishi yaralangan.

Hujum paytida masjidda 300 ga yaqin inson bo‘lganini bildirgan rasmiylar, qurbonlar soni ortishidan xavotirda.

Politsiya bo‘limi rasmiylaridan Muhammad Ijoz Xon, portlashdan so‘ng masjidning tomi qulagani va vayronalar ostida qolganlarni qutqarish ishlari davom etayotganini bildirdi.

Portlash oqibatida, masjid atrofidagi binolar bilan transport vositalari ham ziyon ko‘rgan.

Hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Dawn gazetasida o‘rin olgan xabarga ko‘ra, hujum javobgarchiligini Pokiston Toliboni bo‘yniga olgan.

Bosh vazir Shahboz Sharif Twitter orqali bergan bayonotida hujumni qoralar ekan, ayni vaqtda, uning ortida turganlarga nisbatan qattiq chora ko‘rilishini ta’kidladi.

Hujum ortidan Peshovarga borgan Sharif, u yerda yaradorlarni ziyorat qilib, xavfsizlik holati haqida ma’lumot oldi.

Sobiq Bosh vazir Imron Xon ham bu harakatni qoralab, uni “terror hujumi” deb atadi.

 



Aloqador xabarlar