kanada, islomofobiyaga qarshi kurash bo'yicha maxsus vakili tayinladi

Kanada hukumati mamlakatdagi musulmon jamiyat duch kelayotgan tajovuz, irqchilik, diskriminatsiya va diniy murosasizlikka qarshi kurashish uchun maxsus vakil tayinladi.

1939014
kanada, islomofobiyaga qarshi kurash bo'yicha maxsus vakili tayinladi

 

Kanada hukumati mamlakatdagi musulmon jamiyat duch kelayotgan tajovuz, irqchilik, diskriminatsiya va diniy murosasizlikka qarshi kurashish uchun maxsus vakil tayinladi.

Bosh vazir Justin Trudeau yozma bayonotida, inson huquqlari himoyachisi va jurnalist Amira Elgavabini "Kanadaning islomofobiyaga qarshi kurashdagi birinchi maxsus vakili" etib tayinlaganini ma'lum qildi.

Trudeau, Elgavabining tayinlanishi mamlakatdagi islomofobiya va har xil nafratga qarshi kurashda muhim bir  qadam ekanligini ta'kidladi.

“Xilma-xillik, albatta, Kanadaning eng kuchli tomonlaridan biri, lekin ko'plab musulmonlar uchun islomofobiya juda tanish. Bizning  buni o'zgartirishimiz kerak. Mamlakatimizda hech kim o‘z e’tiqodiga nisbatan nafratlanmasligi kerak”. Deya ifoda etdi.

Kanada hukumati musulmon jamiyati tarafdori ekanini qayd etgan Trudeau, mamlakatda islomofobiya, kamsitish va nafratning har qanday  turining  qabul qilinishi mumkin emasligini ta'kidladi.

Kanadaning Kvebek shahrida 2017-yilning 29-yanvar kuni musulmonlar namoz uchun to‘planib turgan  masjidga qurolli hujum uyushtirgan Aleksandr Bissonnet 6 kishini o‘ldirgan, 19 kishini yaralagan edi.

2021-yil 6-iyun kuni Londonda (Ontario) piyodalar yo‘lagida ketayotgan musulmon oilaga qarab mashinasini haydagan Natanial Veltman bir oiladan 4 kishini, jumladan 15 yoshli qizni o‘ldirgan va 9 yoshli qizni og‘ir yaralagan edi.

Bosh vazir Trudeau, mikroavtobus bilan  qilingan ushbu  hujumni "terror hujumi" deb ta'riflagan edi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tayinladi , #Vakil , #Maxsus , #Kurash , #Islomfobiya , #Kanda

Aloqador xabarlar