Shveytsariya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi

Shveytsariya "Ukrainadagi harbiy tajovuz"ni tilga olib, Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan so'nggi paketga  kiritilgan choralarni qabul qilib, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

1938129

Shveytsariya Federal Kengashi bayonotida,

“Shveytsariya Rossiyaning Ukrainaga 24 fevraldan beri davom etayotgan harbiy hujumlari hamda Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va xavfsizligiga putur yetkazuvchi harakatlariga javoban Yevropa Ittifoqining 9-sanksiya paketida Rossiyaga qarshi choralar koʻrdi.” İfodasi o’rin oldi.

YI, tomonidan 16 dekabrda Rossiyaga nisbatan joriy etilgan 9-sanksiya paketi sanktsiyalar ro‘yxatiga 200 ga yaqin jismoniy shaxs va muassasalar hamda 3 ta Rossiya bankini qo‘shish, ikki maqsadli mahsulotlar eksportini va tog‘-kon investitsiyalarini taqiqlashni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Shveytsariya aerokosmik sanoati bilan bog'liq tovarlarni eksport qilish taqiqini samolyotlar va dron dvigatellarini o'z ichiga olgan holda uzaytirishi kutilmoqda. Shveytsariya, shuningdek, Rossiyaning tog'-kon sanoatiga yangi sarmoya kiritishni taqiqlashni rejalashtirmoqda

Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan Shveytsariya qo'shnilari bilan iqtisodiy jihatdan uyg'un munosabatlarni saqlab kelmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Qaror qildi , #Sanksiya , #Rossiya , #Shvetsariyada

Aloqador xabarlar